O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi birlashgan qo‘mitasi tomonidan 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda – yangi kasaba uyushmalari!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda shahar va tumanlardagi madaniyat, sport va turizm sohalari kasaba uyushmalari tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi birlashgan qo‘mitasi raisi Jenisbay Ayapov so‘zga chiqib, kasaba uyushmalari tomonidan korxona va tashkilotlarda ishlayotgan xodimlarni, ayniqsa, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, ishlovchilar manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Tadbir davomida kasaba uyushmalari faollari, nuroniylar va yoshlar birlashgan qo‘mitaning Faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ishtirokchilar dasturxon atrofida o‘zaro suhbatlashib, fikr-mulohaza va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Bayram tadbiri konsert dasturi bilan davom etdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.