AQSH prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Michigan shtatida yetakchilik qilmoqda, deya xabar bermoqda “Assoshieyted Press” agentligi. Ma’lumotga ko‘ra, 15 saylovchi ovoziga ega mazkur hududda 38 foiz byulleten hisoblangan bir paytda Tramp 51,7 foiz ko‘rsatkich bilan oldinda boryapti. Kamala Xarris esa 46,6 foiz ovozga ega.
Michiganning “Ko‘k devor” deb ataladigan qismi – demokratlar uchun muhim O‘rta G‘arbiy shtatlarning bir bo‘lagidir. Taxminan o‘ttiz yillik demokratik qo‘llab-quvvatlashdan so‘ng shtat 2016 yilda Trampga yon bosdi, 2020 yil esa yana demokrat Baydenni tanladi. Demokrat kongressmen Debbi Dingell fikricha, bu mintaqada kim g‘olib chiqishi haqidagi bahs ovozlarni sanash tugaguncha davom etadi.
Shtatdagi saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan ertalab soat 8 da yopiladi.