Kuvayt Davlatida terrorizmga qarshi kurash sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yuqori darajadagi konferensiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahrom A’loyev Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, muhandis Volid bin Abdulkarim Al-Hurayjiy bilan uchrashdi. Bu haqda hamkorimiz “SPA” axborot agentligi yozgan.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatning joriy holati ko‘rib chiqilib, umumiy manfaat kasb etadigan mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilindi.