Poytaxtimizdagi “Paxtakor” qilichbozlik zalida yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari o‘tkazilmoqda. Ushbu musobaqa 9 noyabr kuniga qadar qilichbozlikning shpaga, rapira, sablya yo‘nalishlari bo‘yicha davom etadi.

Kubok bahslarining ilk kunida shpaga bo‘yicha yakkalik bellashuvlar o‘tkazildi. Unda Sanam Nazarova barcha raqiblarini yengib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin olgan bo‘lsa, Dilnaz Murtazayeva ikkinchi o‘ringa joylashdi. Marvarid Zuvaydilloyeva va Maftunabonu Mahmudova esa kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Yigitlar o‘rtasidagi bahslarda Meyirxan Timurov, Iskander Turishev, Nurmuhammad Mo‘minov va Ahmadjon Fayziyev g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Ma’lumot o‘rnida: bugun O‘zbekiston kubogi doirasida shpaga bo‘yicha jamoaviy bahslar o‘tkaziladi. Shuningdek, 6-7 noyabr kunlari rapira, 8-9 noyabr kuni esa sablya yo‘nalishi bo‘yicha yakkalik va juftlik bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA