Qozon shahrida suvga sakrash bo‘yicha o‘tkazilgan “Tatariston raisi kubogi” musobaqasida terma jamoamiz a’zosi muvaffaqiyati tufayli O‘zbekiston bayrog‘i yuksaldi.
Qozondagi xalqaro turnirning 3 metr balandlikdan sakrash dasturida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Vyacheslav Kachanov 406,35 ball jamg‘ardi va yakunda kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Vyacheslav Kachanov o‘smirlar o‘rtasida 2021 yilgi Yevropa chempionati g‘olibi hisoblanadi. U 2023 yil yozidan buyon O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.
T.Ro‘ziyev, O‘zA