Chernogoriyada boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida final janglari o‘tkazildi.

Unda 6 nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi. Jumladan, Sayfiddin Sobirov -48 kg. vazndagi so‘nggi hal qiluvchi final bahsida ozarbayjonlik Bilalhabasi Nazarovga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va terma jamoamiz hisobiga ilk oltin medalni keltirdi.

Vazni 86 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasida o‘tgan final jangida hamyurtimiz Akmaljon Isroilov rossiyalik Kamil Jamayevni mag‘lubiyatga uchratgan holda jahon chempioniga aylandi.

Shuningdek, o‘z vazn toifalarida Jasmin Tohirova, Ruxshona Parpiyeva, Jafarbek Shaxbozov va Shahzod Polvonov finalga qadar o‘tgan bahslarda barcha raqibidan ustun keldi hamda kumush medal bilan taqdirlandi.

Bugun, 3 noyabr kuni quyidagi 4 nafar bokschimiz final jangini o‘tkazadi.

Finalchilar:

-57 kg: Samandar Olimov

-63.5 kg: Abdulaziz Jo‘raqulov

-92 kg: Halimjon Mamasoliyev

+81 kg: Sobiraxon Shahobiddinova

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatida Sobirjon Tastanov, Muhammad Azizbek Ismoilov va Oysha Toirova o‘z vaznida bronza medaliga ega chiqqan.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA