Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida taekvondo WT bo‘yicha “Uzbekistan open” xalqaro turnirining navbatdagi kunida ham vakillarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Musobaqa davomida Shohjahon Xolmurodov, Ravshan Hamroyev, Dilmurod Ma’rufjonov, Omadbek Otabekov, Nurbek Sidiqbekov, Li Dosen, Botirbek Toshtemirov, Artur Husniddinov kabi taekvondochilarimiz erkaklar o‘rtasidagi bahslarda oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Qizlar orasida esa Shaydo Husanboyeva, Omina Ergasheva, Rushanaxon Ravshanova,
Mubina Bobosaidova, Viktoriya Denisenko, Zilola Ma’mirova hamda Munisa Karimjonova o‘z vazn toifalarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Shuningdek, mazkur xalqaro turnirda Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan taekvondochilar ham g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA