FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi «JAR» sport-sog‘lomlashtirish majmuasida ushu sport turining sanda va taolu yo‘nalishlari bo‘yicha 4 kun davom etgan O‘zbekiston kubogi bellashuvlari nihoyasiga yetdi.
Barcha yosh toifalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqada respublikamiz viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 1400 nafarga yaqin sportchi o‘z mahoratini namoyish etdi.
Nasiba Abdurafiyeva, Jasmina Eshmurodova, Abdulaziz Jo‘rayev (Samarqand), Islomjon Yo‘ldoshaliyev, Odilbek Rahmatov, Muhammadrizo Shuhratov (Farg‘ona), Sardorbek Boboyev, Abdulboriy Sayfutdinov, Ziyovuddin Najmiddinov (Andijon), Abduqahhor Umarxo‘jayev, Amirbek Abdumavlonov, Jasur Mirtozaqulov, Komiljon Rahimov, Lazizjon Rahimov (Toshkent sh.), Asilbek Ergashev, Doston Xudoyberdiyev (Buxoro) kabi sportchilar g‘oliblik shohsupasining eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladilar.
G‘olib va sovrindorlar ta’sischilar tomonidan tashkil etilgan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA