Moldova Markaziy saylov komissiyasi prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichini o‘tgan, deb tan oldi. 3 noyabr kuni qayta ovoz bergan fuqarolar soni zarur miqdor – 20 foizdan oshdi. Tegishli ma’lumot respublika MSK saytida e’lon qilindi.

Komissiya raisi Anjelika Karaman jurnalistlarga eng yuqori faollik Moskvada kuzatilganini aytdi. RF poytaxtida 10 ming ehtimoliy saylovchidan 4,5 ming nafari o‘z tanlovini bildirgan.

Mamlakat fuqarolari hozir keyingi to‘rt yil uchun davlat rahbarini saylayapti.

Ikkinchi turda Harakat va birdamlik partiyasi nomzodi, amaldagi Prezident Mayya Sandu va Sotsialistlar partiyasi ilgari surgan sobiq bosh prokuror Aleksandru Stoyanoglo raqobatga kirishgan.

20 oktyabr kuni Moldovada Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha referendum va prezidentlik saylovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. YeI tarkibiga kirish uchun Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgarishlarni fuqarolarning 50,35 foizi ma’qulladi, 49,65 foizi yoqlamadi.