Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Unda hududdagi ulkan salohiyatdan viloyat hokimi, uning 8 ta o‘rinbosari, 11 ta shahar-tuman hokimi unumli foydalanishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilishga ulangan boshqa viloyatlar mutasaddilari ham bugungi tahlillar va topshiriqlardan aniq xulosa qilib, Navoiy misolida o‘z rejalarini tuzishi zarurligi qayd etildi.

Viloyatga 3,7 milliard dollar xorijiy investitsiya olib kelib, 600 ta yangi korxonani ishga tushirish, 15-20 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratish vazifasi qo‘yildi.

Chuqur geologik tahlillar asosida yangi konlarni tayyor loyiha paketi bilan tadbirkor-investorlarga taklif qilish zarur.

Uch yil davomida yiliga 350 ming gektar yaylovga yangi texnologiya asosida urug‘ va ko‘chat ekish tashkil qilinib, 50 ming aholiga meva-sabzavot, bog‘ va chorva uchun bo‘lib beriladi. 100 ta ko‘p qavatli uy-joylar qurish rejalashtirilgan.

Kambag‘allikni qisqartirish, migratsiyani yangi tizimi va 4 ta tuman tajribasi hisobidan yana 140 ming aholi bandligini ta’minlash, 16 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish maqsad qilingan.

O‘zA