“IEA Hamburg”, “TTIMSS & PIRLS International Study Center”, RTI tashkilotlari hamda PIRLS (Xalqaro o‘quv savodxonligini o‘rganish bo‘yicha taraqqiyot dasturi) hamkorligidagi xalqaro tadqiqotda 60 dan ortiq davlat qatori mamlakatimiz vakillari, jumladan Abdulla Avloniy nomidagi milliy tadqiqot institut mas’ullari ham ishtirok etmoqda.
Mazkur seminar-trening davomida “IEA Hamburg” jamoasi izlanuvchilarni tanlab olish, tadqiqotni o‘tkazish va baholash bo‘yicha tor doirada uchrashuvlar o‘tkazadi.
Mashg‘ulot kun tartibiga Maxsus dasturiy vosita yordamida tanlanadigan sinflar va o‘qituvchilar ro‘yxatini shakllantirish, Test materialini raqamli tarzda boshqarish va ma’lumotni tekshirish, O‘quvchilar ochiq savollarga bergan javobni baholash asosiy mavzular sifatida kiritilgan.
Tashkilotchilar turli davlatlar vakillari uchun tajriba almashish imkoniyatini yaratishgani e’tiborga loyiq.
Ma’lumki, o‘quv savodxonligi akademik muvaffaqiyat asosi sifatida talqin qilinadi. Ayni yo‘nalishni baholashda keng qamrovli usullarga asoslangan PIRLS esa maktabda va maktabdan tashqari yosh o‘quvchilar tomonidan bajariladigan o‘quv dasturini aks ettiradi.
Musulmon Ziyo, O‘zA