Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi direktori B.Xolmatov va Turkmanistonning «Turkmenavtoulaglari» agentligi raisi o‘rinbosari V.Xojanepesov boshchiligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar O‘zbekiston milliy yuk tashuvchilarining Turkmaniston hududi orqali tashuvlarni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimi yuzasidan takliflarni muhokama etishdi, deyiladi Transport vazirligi ma’lumotida.
Uchrashuv yakunida ikki davlat o‘rtasida undiriladigan yig‘im va to‘lovlarni 2025 yildan boshlab paritet asosida belgilash, Turkmaniston hududi orqali tashuvlarda yuzaga keladigan muammolarni tezkorlik bilan hal etish maqsadida idoralararo Ishchi guruh tuzishga kelishildi.
Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida ruxsatnoma blankalarini elektron ayirboshlash “E-Permit” tizimini tatbiq etishga kelishib olindi.
Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA