Bugun O‘zbekiston Energetika vazirligida Xitoyning “Sinoma EC Investment” kompaniyasi prezidenti Liu Sin boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlar hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihaning hozirgi holati va kelgusidagi rejalari bo‘yicha fikr almashdi.

Qayd etilganidek, ushbu kompaniya tomonidan Navoiy viloyatida quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi, 75 MVt quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi hamda havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda “Sinoma EC Investment” kompaniyasi qurilish materiallari va qurilishda qo‘llaniladigan mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha o‘z o‘rniga ega. U Xitoy milliy qurilish materiallari ishlab chiqarish yirik davlat korporatsiyasi tarkibiga kiradi va 13 yil davomida “Fortune 500” ro‘yxatidan o‘rin olgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar respublika hududlarida geotermal energetika va ilg‘or texnologiyalar asosida energiya samarador qurilish materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA