Ukraina Oliy Radasi seshanba kuni mamlakatda avval joriy qilingan safarbarlik va harbiy holatni yana 90 kunga uzaytirish qarorini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda parlament a’zosi Aleksey Goncharenko ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozgan.
Bir kun oldin Vladimir Zelenskiy parlamentga shu to‘g‘ridagi qonun loyihasini kiritgan edi.
Ukrainada harbiy holat tartibi 2022 yil 24 fevraldan boshlab amalda. Shundan buyon qaror bir necha bor uzaytirildi.