Janubiy Koreyaning Seul shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan qit’a futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Unda 2023 yilgi yirik musobaqalar, xususan, “Osiyo kubogi-2023” va futzal bo‘yicha Osiyo kubogi kabi turnirlar davomida o‘z mahoratini namoyish etgan futbolchi, murabbiy va rasmiylar taqdirlandi.

Unga ko‘ra, “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” deya O‘zbekiston terma jamoasi va SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayev e’tirof etildi.

Ma’lumot o‘rnida: 2015 yilgi “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” mukofotini hamyurtimiz Dostonbek Hamdamov qo‘lga kiritgan edi.

Shuningdek, Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi – “Yilning eng yaxshi mintaqaviy futbol assotsiatsiyasi” nominatsiyasi g‘olibiga aylandi.

Quyida turli nominatsiyalarda g‘olib bo‘lgan futbolchilar bilan tanishasiz:

“Ayollar futboli bo‘yicha yilning eng yaxshi murabbiyi” — Park Youn-Jeong (Koreya Respublikasi)

“Yilning eng yaxshi murabbiyi” — Go Oiva (Yaponiya)

“Yilning eng yaxshi futzalchisi” — Said Ahmad Abbasi (Eron)

“Yilning eng yaxshi xalqaro ayol futbolchisi” — Elliye Karpenter (Avstraliya)

“Yilning eng yaxshi xalqaro futbolchisi” — Son Xin Min (Koreya Respublikasi)

“Yilning eng yaxshi yosh ayol futbolchisi” — Chae Un Yong (KXDR)

“Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi” — Kiko Seike (Yaponiya)

“Yilning eng yaxshi futbolchisi” — Akrom Afif (Qatar)

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA