Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida muay-tay bo‘yicha tashkil etilgan nufuzli musobaqada mamlakatimiz vakillari munosib natijaga erishdi.

Yoshlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan “UAE Muay Thai Open Championship 2024” xalqaro turnirida dunyoning o‘ndan ortiq davlatidan 500 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi.

Shiddatli va murosasiz kechgan bellashuvlar natijasida yurtimiz sharafini himoya qilgan muay-taychilar 3 ta oltin, 6 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA