“Ko‘rfaz” nashrida 28 oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev ishtirokida saylov yakunining dastlabki natijalari bo‘yicha brifing bo‘lib o‘tgani, qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovining dastlabki natijalari e’lon qilingani yoritildi.
Maqolada parlamentda eng ko‘p o‘rinni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi qo‘lga kiritgani, “Milliy tiklanish” partiyasi ikkinchi o‘rindan joy olgani yozilgan. Shuningdek, saylovchilar ishtiroki, partiyalar hamda deputatlar qo‘lga kiritgan ovozlar bilan bog‘liq foiz va raqamlarda keltirilgan statistika ma’lumotlariga ham keng o‘rin berilgan.
Muharrama Pirmatova, O‘zA