Yaqinda Rossiyaning Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan BRICS XVI sammitida 13 mamlakat tuzilmaga hamkor maqomini oldi: Turkiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Jazoir, Belarus, Boliviya, Kuba, Indoneziya, Malayziya, Nigeriya, Tailand, Uganda va Vetnam.
Anjuman doirasida Ozarbayjon va Armaniston yetakchilari uchrashdi
Tinchlik shartnomasi, chegarani delimitatsiyalash va demarkatsiyalash masalalari ikki davlat rahbarlari uchrashuvining asosiy mavzusi bo‘ldi.
Suhbat yakunida ikki mamlakat TIV rahbarlariga tinchlik shartnomasini tezroq imzolash hamda o‘zaro munosabat o‘rnatish maqsadida muzokarani davom ettirish to‘g‘risida ko‘rsatma berildi.
“Bild” gazetasi: Hindiston Turkiyaning BRIKSga a’zo bo‘lishiga qarshi
Bunga Anqaraning Pokiston bilan munosabati yaxshiligi sabab qilib ko‘rsatilgan. O‘z navbatida Turkiya Prezidenti huzuridagi yolg‘on xabarlar tarqalishiga qarshi kurash markazi ushbu ma’lumotni rad etdi.
Indoneziya BRIKSga qo‘shilmoqchi
Bu haqda mamlakat TIV rahbari Sugunio BRIKS yakuni bo‘yicha tarqatgan bayonotida aytib o‘tdi. U “BRIKS plyus” sammitida Indoneziyaning tuzilmaga qo‘shilish istagini bildirib, mamlakati rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tashini aytdi.
Eron Prezidenti BRIKSni
sanksiya, urush va genotsidsiz dunyo qurishga chaqirdi
Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon BRIKSni sanksiya va urushdan xoli yaxshiroq dunyo qurishga chaqirarkan, mavjud xalqaro institutlar Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar olovini o‘chirishga qodir emasligini aytdi.
Darvoqe, ushbu davlat mazkur assotsiatsiyaning doimiy a’zosi sifatida ilk bor sammitda ishtirok etmoqda.
Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel BRIKS haqida…
Noyabr oyi oxirida lavozimini tark etayotgan Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel “Financial Times” gazetasiga bergan intervyusida Yevropa Ittifoqini dunyoning boshqa qismlari uchun “ma’ruza” o‘qishni to‘xtatishga chaqirdi. Agar uyushma Rossiya va Xitoy ta’siri kengayishiga qarshilik qilmoqchi bo‘lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘proq hurmat ko‘rsatishi kerak, dedi u.
Chjan Min: Qozon – juda chiroyli shahar
BRIKS sammitiga tashrif buyurgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) raisi Chjan Min “RIA Novosti”ga bergan intervyusida Qozonga ilk bor kelganini ta’kidlab, shahar orasta, ko‘p asrlik tarixga, boy madaniyatga ega ekanini e’tirof etdi.
– Bu yerda turli dinlar o‘zaro baqamti, bir-birini hurmat qiladi, – dedi u.
Ukraina Prezidenti BMT Bosh kotibini BRIKS sammitiga tashrifi uchun tanqid qildi
– Birlashgan Millatlar Tashkiloti kunida (24 oktyabr – BMT kuni – tahririyat) dunyo ushbu tashkilot Nizomi tamoyillari, tuzilmani yaratishdan ko‘zlangan maqsadni unutmasligi muhim, – deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda. – Garchi ba’zi amaldorlari BMT Nizomi mazmunidan ko‘ra, Qozonni afzal ko‘rsalar ham.
S.Rahimov, O‘zA