Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari shtat birliklari sonini tartibga solishga qaratilgan hujjat imzolandi
507

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining shtat birliklari sonini tartibga solishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekdi.
Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga:
ayrim respublika va mahaliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining shtat birliklari sonini muvofiqlashtirish;
iqtisodiy kompleks tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning rahbar o‘rinbosarlari sonini qisqartirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
O‘zA