“Al-Vakil” nashri xabar berishicha, Iordaniya Mustaqil saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida xorijiy kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.

Xususan, Mustaqil hokimiyat Komissarlari kengashi a’zosi Jihod Al-Mo‘’miniy va Bosh kotib devoni direktori Toriq Jaradat Toshkent shahridagi ayrim saylov uchastkalariga borib, ovoz berish mexanizmi va saylov komissiyalari faoliyati bilan tanishgan. Mehmonlar jarayon qonunchilikka rioya qilingan holda, ochiq va shaffof kechganini e’tirof etgan.

O‘zA