Bosh prokuratura ishchi guruh tomonidan “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati mas’ulligida xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda.
Jumladan, ishchi guruh Nukus tumanida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonning g‘arbiy qismida ichimlik suv ta’minotini yaxshilash” loyihasi doirasidagi ishlarning holati o‘rganildi.
Loyiha pudratchisi, “AEIB Azerbaijan PRA” korxonasi vakillari bilan “Madaniyat” va “Kerder” suv taqsimlash inshootidagi qurilish ishlari bevosita joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirilib, ishlarni tarmoq jadvaliga muvofiq muddatida yakunlash xususida aniq vazifalar belgilandi. Shuningdek, hozirda rejalashtirilgan 17 kilometrga yaqin ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlarini jadallashtirish xususida tegishli topshiriq berildi.
Hududdagi bu boradagi ishlar bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.