Gretsiyaning Iraklion shahrida Jiu-jitsu bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida qoraqalpog‘istonlik sportchilar ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Xususan, Timur Bazarbayev va Aybek Prekeyev chempionatdagi barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Amir Qadamov va Humoyun Hoshimov sovrinli 2-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri.