Turkiy davlatlar Parlament assambleyasi (TurkPA) delegatsiyasi Oliy Majlis Senatiga tashrif buyurdi.
Senat Raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashuvda tomonlar turkiy tilli davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy masalalarini muhokama qildi. O‘zaro aloqalarni rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdi.
Uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni yuqori baholab, mamlakatimiz rivojlanishi barcha turkiy davlatlar va islom olami uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha turkiy tilli davlatlar parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, TurkPA doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
N.Abduraimova, O‘zA