Markaziy saylov komissiyasining Matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Sh.Aminov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda saylov jarayonida qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, 2024 yil 27 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Saylov kuni prokuratura organlariga jami 7 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 4 tasida saylov komissiyalari tomonidan fuqarolarga taklifnoma berilmagani aytib o‘tilgan. Ushbu murojaatlar tezkor o‘rganilib, fuqarolarning saylov huquqi ta’minlangan. Bitta murojaat saylovoldi tashviqoti jarayoniga oid, bittasi ovoz berish tartibi buzilgani to‘g‘risida, yana bittasi esa saylovga tayyorgarlik ko‘rishdagi tashkiliy ishlar bilan bog‘liq.

Ta’kidlanganidek, saylov qonunchiligi buzilishiga oid OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi materiallar o‘rganib borilmoqda. Bir nafar shaxs saylovoldi tashviqotini olib borish tartiblarini buzgani bois ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Saylov jarayonini o‘tkazishda qonuniylikni ta’minlash, amaldagi qonunlarga rioya etish holatlari muntazam kuzatib borildi va Bosh prokuraturaning rasmiy saytida ma’lumotlar taqdim etildi.

Muhtarama Komilova,

Ibrohim, Dushanov (surat),

Yoqub Meliboyev (video),

O‘zA