Mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovi bo‘lib o‘tmoqda.
Saylov jarayonini kuzatib borayotgan Avstriyaning “AGROTEC HANDELS” kompaniyasi prezidenti Boris Kandov bilan suhbatlashdik.
– O‘zbekistondagi o‘tgan barcha saylovlarni kuzatganman, – deydi B.Kandov. – Bu yurtda saylovlar doim tartibli tashkil etiladi. O‘zbek xalqiga xos bo‘lgan ozodalik, xushkayfiyat saylov uchastkalarida doim mavjud va bu bayram kayfiyatini beradi. Saylovchilar oila a’zolari bilan, yuqori kayfiyatda kelib, ovoz beradi. Bu ahillik, faollik – jamiyatdagi barqarorlik natijasi.
Bu galgi saylov, albatta, boshqa saylovlardan tubdan farq qiladi. Chunki qonunchilik o‘zgartirildi, deputatlar saylovi aralash saylov tizimi (majoritar va proporsional) asosda o‘tkazilmoqda. E’tiborlisi, murakkab bo‘lishiga qaramay, xalq barchasini tushunib, anglagan holda ovoz bermoqda. Bu mamlakat siyosiy taraqqiyotini ko‘rsatib turibdi. Muhimi, ular o‘zlari uchun zarurini, ertangi kuni uchun foydalisini tanlayotganlariga ishonaman.
Norgul Abduraimova,
Nosir Haydarov (surat), O‘zA