Majid Al-Turkiy: saylov jarayonlari xalqaro standartlarga to‘liq javob beradi

137

Mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tmoqda.

Saylov jarayonini xalqaro kuzatuvchilar, xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari bevosita kuzatib bormoqda.

Saudiya Arabistoni Axborot va arab-rus tadqiqotlari markazi raisi, siyosatshunoslik fanlari doktori Majid Al-Turkiy o‘z fikrlarini bildirdi.

–  To‘rtinchi saylov uchastkasiga kelib, aholining ovoz berish jarayonlarini kuzatdim, – dedi M.Al-Turkiy. – Saylov yuqori saviyada, qonun doirasida tashkil etilgan. Saylovchilarning erkin ovoz berishi uchun barcha sharoitlar ta’minlab berilgan. Ro‘yxatdan o‘tish, kabinalarda byulletenlarga belgi qo‘yish va ularni saylov qutisiga tashlash – xalqaro saylov standartlariga to‘liq javob beradi. Muhimi, xalq o‘z xohish-irodasini erkin bildirmoqda.

N.Abduraimova,  

N.Haydarov (surat),  

O‘zA