O‘zA O‘zbekiston Bosh konsulxonasidan reportaj tayyorlamoqda
Bugun, 27 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligi uchun saylov bo‘dib o‘tmoqda.
40 ta xorijiy davlatdagi mamlakatimizning diplomatik vakolatxonalarida 57 ta saylov uchastkalari tashkil etilgan. Ulardan biri Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulligi.
Bu yerda mahalliy vaqt bilan ertalab soat 8.00 da saylov bo‘yicha tashkil etilgan 22-saylov uchastkasida ovoz berish boshlangan. Saylov komissiyasi a’zolari saylov qutisini muhrlagan.
Saylov uchastkasida Qozog‘istonning Olmaota shahri va Olmaota viloyatida istiqomat qiluvchi O‘zbekiston fuqarolari ovoz berishi uchun barcha sharoit yaratilgan.
Saylovda birinchilardan bo‘lib O‘zbekiston Bosh konsulligi xodimlari va ularning oila a’zolari ovoz berdi. Saylov uchastkasida saylovchilarga O‘zbekiston qonunlari, Markaziy saylov komissiyasining qarorlari, mamlakatimiz parlamentiga saylovga oid risolalar va boshqa ma’lumotnomalar taqdim etilmoqda.
O‘zbekiston Yoshlar umumjahon assotsiatsiyasi vakillari, talaba yoshlar ham siyosiy jarayonda faol qatnashyapti. Kunning birinchi yarmi natijalariga ko‘ra, 100 dan ziyod yurtdoshdarimiz konstitutsion huquqlaridan foydalanib, o‘z ovozlarini berdi.
Keyinroq batafsil reportaj e’lon qilinadi. Bizni kuzatib boring.
Behruz Xudoyberdiyev,
Anvar Ahmedov (+video),
O‘zA