Mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – saylov qizg‘in davom etmoqda.
Poytaxtimizdagi 576-saylov uchastkasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva oila a’zolari bilan kelib, ovoz berdi.
– Bugungi saylov jarayoni mamlakatimizdagi keng ko‘lamli islohotlar tufayli xalqimizning dunyoqarashi o‘zgarganini ko‘rsatib turibdi, – dedi T.Norboyeva. – Ya’ni, aholi yanada faollashgan. Buning eng asosiy sababi shuki, ular bu jarayonga daxldorligini chuqur his qilib, o‘z xohish-irodasini bildirmoqda. Zero, har bir yurtdoshimizning saylovlarda ishtirok etishidan asosiy maqsad o‘zining, oilasi, farzandlari, nevaralari, Vatani kelajagiga ta’sir ko‘rsatishdir.
Shuning uchun mamlakatimizda yashayotgan har bir inson, yoshi, jinsidan qat’i nazar, Konstitutsiyamizdagi o‘zgartirishlarga binoan saylovlarda faol ishtirok qilmoqda. Bu, juda quvonarli holat. Saylov natijalari, shubhasiz, xalqimizning, oilamizning, yurtimizning tinchligi, farovonligiga xizmat qiladi.
Norgul Abduraimova,
Nosir Haydarov (surat),
O‘zA