Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov Nukus shahri Qumbiz ovul mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 83-saylov uchastkasidan porloq kelajak va yurtimiz obodligi uchun ovoz berdi.
Hududda 2 ming 946 nafar aholi ovoz berish uchun ro‘yxatga olingan. Shundan 189 nafar muddatidan oldin ovoz berdi. Shuningdek, keksa yoshdagi va nogironligi bo‘lgan 26 nafar fuqaroning yashash joylarida ovoz berishi tashkil etildi. Hozirgacha hududdan 1 ming 142 nafardan ziyod fuqaroning ovoz berganligi aholining siyosiy jarayonda faol ishtirok etayotganidan darak beradi.
Saylov uchastkasida ovoz berish davom etmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.