Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Erliqoya “GURZ-20” keng ko‘lamli aksil terror amaliyoti o‘tkazilayotganini ma’lum qildi. Tadbir doirasida terror faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilingan 176 kishi ushlandi.
“AzerTAJ” xabariga ko‘ra, shubhali shaxslar mamlakatning 31 viloyati, jumladan Anqara, Bursa, Antaliya, Istanbul va Izmirda hibsga olindi. Ulardan qurol-yaroq, giyohvand modda va taqiqlangan adabiyotlar musodara qilingan.