Yevropa Ittifoqi mamlakatlari yangi yil boshida, ya’ni Vengriyaning tuzilmaga raisligi muddati tugagach, Rossiya Federatsiyasiga qarshi sansiya siyosatini kuchaytirish masalasi muhokamasini qaytadan boshlashi mumkin. Gap RF suyultirilgan tabiiy gaziga nisbatan taqiq qo‘yish imkoniyati haqida bormoqda, deb yozdi “Politico” gazetasi.

Vengriya bir necha bor Rossiyaga qarshi sanksiyadan ma’no yo‘qligini aytib, bayonot bergan.

– YeI mamlakatlari yanvar oyida RF iqtisodiyotiga qanday talofat yetkazish bo‘yicha muzokarani qaytadan yo‘lga qo‘yishni o‘ylamoqda, – deyilgan xabarda.

O‘zini oshkor etmagan diplomat va mansabdorlar Bosh vazir Viktor Orbanni Vengriya YeIga raisligi vositasida sanksiya bo‘yicha bahs-munozaraga chek qo‘yganlikda ayblayapti.

Darvoqe, Yevroittifoqqa raislik 2025 yil Polshaga o‘tadi.