Ellikqal’a tumanidagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, O‘zbekiston milliy axborot agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi sobiq muxbiri Aminboy Ortiqboyevning ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan “Bir-birimizga mehmonmiz” nomli xotira kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman jamoatchiligi, ma’naviyat va ma’rifat kengashi a’zolari, mahalla faollari, maktab o‘quvchilari hamda jurnalistning do‘stlari ishtirok etdi.
Tadbirda siyosiy fanlar doktori, professor Baxtiyor Omonov, shoir va adib O‘ktam Mirzayor, tadbirkor Qudrat Erdonov, tarixchi olim Samandar Ismoilov, tuman hokimligi mas’ul xodimi Farhod Ibodullayev, ma’naviyat faoli Oysha Matniyozova va boshqalar hayotning sinovlariga bardosh bera olgan, har qanday qiyinchilik oldida insoniy fazilatlariga sodiq qolgan taniqli jurnalistning ibratli hayot yo‘li va kasb mahorati haqida gapirdilar.
Tadbirda ishtirokchilarga kitob sovg‘a qilindi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.