Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi Iftixor mahallasida yashovchi 846 ta xonadon markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlandi.
Mahallada yangidan 44 kilometr uzunlikda ichimlik suv quvuri va 1 ta suv taqsimlash inshootini qurish ishlari olib borildi. Loyiha qiymati 11,5 milliard so‘mni tashkil qilgan, quvvati 500 m3 dan ikkita rezervar, jami 1000 m3 5 ta suv taqsimlash inshooti foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida sektor rahbarlari, tegishli soha vakillari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar tumanda Prezidentimiz maxsus qarori asosida amalga oshirilgan xayrli ishlarga to‘xtaldi. Shuningdek, hududda suv, yo‘l, elektr energiyasi va boshqa amalga oshirilgan ishlar zamirida islohotlar samarasi, aholi roziligi uchun ekanligi ta’kidladi.
Ramziy lenta kesilib, ishtirokchilar inshootda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.