Tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda

Saylov – 2024
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, shuningdek shahar va tuman Kengashlariga deputatlar saylovini o‘tkazish va unga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni qizg‘in davom etmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qarori joylarda tashkil etilgan 654 uchastka saylov komissiyasining 6 ming 998 nafar a’zolari tarkibi tasdiqlangan. Ularning 5 ming 631 nafari avval ham shu muhim siyosiy tadbirlarda ishtirok etgan tajribali xodimlardir.
– 27 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda, – deydi Nukus shahridagi 9-uchastka saylov komissiyasi raisi Mahmud Joldasov. – Saylov qonunchiligida belgilangan tartibda saylov komissiyasi o‘z faoliyatini olib borishi uchun zarur jihozlar, huquqiy adabiyotlar bilan ta’minlandi. Ayni vaqtda komissiya a’zolari hududdagi saylovchilar ro‘yxatini yana bir bor xatlovdan o‘tkazib, kalendar rejaga muvofiq belgilangan ishlarni amalga oshirmoqdalar.
Saylov kuni keksa yoshdagi yoki betobligi va boshqa sabablarga ko‘ra saylov uchastkasiga kela olmaydigan saylovchilar uchun xonadoniga borib ovoz berishni tashkil etish uchun maxsus ko‘chma saylov qutilari keltirilgan. Shuningdek, nogironligi bor shaxslar saylov uchastkasiga kelib ovoz berishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA