London va Berlin yaqin kelajakda “tarixiy” harbiy bitim tuzadi, deb yozdi “The Times” gazetasi Britaniya mudofaa vaziri Jon Xiliga tayanib.

Bitim Birlashgan Qirollik va Germaniya kuchlariga NATOning Rossiya bilan sharqiy chegarasida, katta ehtimol bilan Estoniya va Litvada qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish, shuningdek, birgalikda ko‘proq qurol sotib olish va yangi avlod qurollarini ishlab chiqarish bo‘yicha yaqinroq hamkorlik qilish imkonini beradi.

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Xilining fikricha, Berlin bilan kelishuv Buyuk Britaniyaning 2010 yilda Fransiya bilan tuzilgan harbiy kelishuvdan keyingi eng muhim ikki tomonlama kelishuvi bo‘ladi.

Nashr manbasining aytishicha, Germaniya bilan tuzilgan kelishuvni London Yevropa Ittifoqi bilan harbiy hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘lidagi birinchi qadam sifatida ko‘rmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya 2025 yilda Bryussel bilan ushbu sohada yanada mazmunli muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

So‘nggi yillarda Rossiya g‘arbiy chegaralari yaqinida NATOning faolligi oshdi. Alyans o‘z tashabbuslarini kengaytirib, buni “Rossiya agressiyasini to‘xtatish” deb atamoqda.