Joylarda chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. Unda jami 14,8 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 12 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 21 oktyabrdan 5 noyabrga qadar bo‘lib o‘tadi (dam olish kunlaridan tashqari).

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA