Kuba milliy elektr tarmog‘ida juma kuni uzilish yuz berdi va 10 millionga yaqin odam toksiz qoldi. Prezident Migel Dias-Kanel aytishicha, rasmiylar muammoni hal qilish masalasiga “mutlaq ustunlik” beradi: Tizim to‘liq tiklanmaguncha, tinchlik bo‘lmaydi.

Oroldagi eng yirik elektr stansiyalaridan biri ishdan chiqishi tufayli butun mamlakat bo‘ylab chiroq o‘chgandan bir necha soat o‘tib, kechqurun quvvatni tikladi, dedi rasmiylar. Hukumat ertalab maktablar va “asosiy bo‘lmagan” sanoat maydonlarini yopdi. Bu ta’minotni tejash uchun majburiy chora hisoblanadi.

Afsuski, tushdan biroz oldin yirik Antonio Giteras stansiyasi ishlamay qoldi va natijada tok butunlay o‘chdi. Rasmiylar uzilish sababi haqida batafsil ma’lumot bermagan, muammoni bartaraf etish uchun qancha vaqt ketishini ham aytmagan. Barcha “asosiy” davlat xizmati idoralari, maktab va universitetlar kamida dushanbagacha yopiq qolishi kutilyapti. Madaniy-ko‘ngil ochar maskanlar, jumladan tungi klublar ham yopildi. Binobarin, baa’zi uylar va korxonalar, masalan restoranlarda generatorlar bor.

Orol janubi-sharqiy qirg‘og‘ida, Guantanamo ko‘rfazida  joylashgan AQSH harbiy-dengiz bazasi zarar ko‘rmagan. Majmua elektr ta’minoti alohida tizimga ulangani taxmin qilinmoqda.

So‘nggi haftalarda butun mamlakat bo‘ylab elektr ta’minotida keng ko‘lamli uzilish yekzatilyapti. Bosh vazir Manuel Marrero payshanba kuni voqeaga infratuzilmadagi muammo, yonilg‘i taqchilligi va o‘sib borayotgan talab, jumladan maishiy konditsionerlar sabab bo‘lganini aytdi.

“Yonilg‘i taqchilligi eng muhim omil”, dedi u televideniye orqali xalqqa qilgan murojaatida.

“Sky News”ning amerikalik hamkori “NBC News” muxbiri bilan suhbatlashgan Gavana aholisi vaziyatdan xavotir bildirgan. Bir kishi teleboshlovchiga shunday dedi: Bu aql bovar qilmaydigan hodisa, men muammoning yechimini ko‘rmayapman.

Bir ayol qo‘shimcha qilgan: Meni tashvishga soladigan holat shuki, biz hali energiya inqirozi tubiga yetib bormadik.