Ikki mingdan ziyod noqonuniy muhojir Rossiyadan chiqarib yuboriladi

Из России выдворят более двuх тысяч нелеgaльных мигрантов - RIA Novosti,  17.10.2024

Moskvada bir hafta davom etgan “Nolegal-2024” amaliyotining ikkinchi bosqichi yakunida 2 mingdan ortiq muhojir Rossiyadan chiqarib yuboriladi, deb xabar tarqatdi poytaxt meriyasi matbuot xizmati Ichki ishlar vazirligi Bosh boshqarmasi ma’lumotiga tayanib. Shuningdek, migratsiya sohasidagi jinoyatlar bo‘yicha 420 jinoiy ish qo‘zg‘atilgani ham aytilgan.

Tadbir doirasida politsiya xodimlari tomonidan migratsiya qonunchiligi 13 ming martadan ko‘proq buzilgani aniqlangan.

BMT: G‘azo sektoridagi oziq-ovqat 1,5 haftaga yetadi

ООН: в секторе Газа назреvaет gumanitarная каtaстрофа - Novosti Казахсtaна  и мира на сегодня

BMT Jahon oziq-ovqat dasturiFalastin bo‘yicha direktori Antuan Renar aytishicha, tashkilot tomonidan G‘azo sektori aholisiga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat zaxirasi bir yarim haftada tamom bo‘ladi. Ya’ni, kelayotgan miqdor yetarli emas va odamlarni to‘ydira olmaydi.

Anklavdagi vaziyat so‘nggi kunlarda keskin yomonlashdi, chunki Isroil hududga yangi keng ko‘lamli hujum boshladi va ikki hafta davomida BMT yordam ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymadi, deyilgan bayonotda.

Seshanba kuni AQSH davlat kotibi Entoni Blinken va mudofaa vaziri Lloyd Ostin Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant va strategik rejalashtirish vaziri Ron Dermerga maktub yo‘llab, G‘azoda gumanitar inqiroz yuzaga kelsa, Isroilga qurol embargosi joriy etish bilan tahdid qilgandi.

BRIKS kengayishining Global Janubga ta’siri baholandi

В Киtaе оценили влияние расширения BRIKS на Globalьный Юг - RIA Novosti,  17.10.2024

BRIKS kengayishi Global Janub mamlakatlarining birlashishi, global boshqaruvdagi ta’siri va vakilligi yanada kuchayishiga sabab bo‘ladi, dedi Xitoy hukumati Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti ko‘p tomonlama va mintaqaviy hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Li Yunxuey “RIA Novosti”ga.

Ta’kidlanishicha, 22-24 oktyabr kunlari Qozonda bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammitida 33 davlat, jumladan, 24 nafar oliy mansabdor shaxs darajasida ishtirok etishi tasdiqlangan.

Ukraina yo‘qotgan Leopard tanklari soni ma’lum qilindi

В SША назvaли число потерянных Украиной taнков Leopard - Газеta.Ru | Novosti

“Business Insider” e’lon qilgan maqolada ta’kidlanishicha, Ukraina maxsus harbiy amaliyot boshlanganidan beri qariyb 40 ta nemis “Leopard” tankini yo‘qotdi.

– “Leopard” tanklari kuchli, yuqori samarali, og‘ir zirhga ega, ammo yengilmas emas, – deb yozgan nashr. – Aslida, ba’zi ochiq manbalarga ko‘ra, Ukraina allaqachon 40 taga yaqin tankini yo‘qotdi.

Darvoqe, har ikki tomon tanklari dron va o‘q-doridan maxsus himoya ekrani bilan jihozlangan.

Yaqin kunlarda Isroil Eronga hujum qilishi mumkin

Иран заметно готовится к аtaке на Израиль, пishuт SМИ - RIA Novosti,  06.08.2024

Isroil yaqin kunlarda Eronga hujum qilishi mumkin, biroq zarba nishonlari bo‘yicha hech qanday qaror qabul qilinmadi, deb yozdi “Washinhton Post” Isroil rasmiylariga tayanib.

Avvalroq CNN telekanali tegishli manbalarga tayanib, Isroil 5 noyabrga rejalashtirilgan AQSH prezidenti saylovidan oldin ham Eronga zarba berishi mumkinligini yozgandi.

Ukraina NATOga a’zo bo‘lishi uchun G‘arbning shartlari bor.

SМИ назvaли uсловие Запада для принятия Украины в НАТО - RIA Novosti,  16.10.2024

NATOga qo‘shilish uchun Ukraina aniq davlat chegarasiga ega bo‘lishi kerak, deb yozdi “Associated Press” alyansga a’zo mamlakat diplomatiga tayanib.

Faqat shu holatdagina Shimoliy Atlantika shartnomasining jamoaviy mudofaa haqida so‘z yurituvchi 5-moddasi qanday sharoitda qo‘llanishi aniq bo‘ladi.

Ukraina zudlik bilan ittifoqqa taklif qilinishi Vladimir Zelenskiyning Oliy Radada taqdim etgan g‘alaba rejasining birinchi bandida nazarda tutilgan.

Nyu-Yorkda Yadro beshligi uchrashdi

В Nyu-Йорке прошла встреча ядерной "пятерки" - RIA Novosti, 16.10.2024

Nyu-Yorkda ekspertlar darajasida yadroviy “beshlik” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, dedi Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova.

“10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan tadbirda Rossiya tomonidan qurolni tarqatmaslik va nazorat qilish departamenti vakillari ishtirok etdi”, dedi u brifingda.

Yadro quroliga ega davlatlar norasmiy birlashmasi – yadro beshligiga Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, AQSH va Fransiya kiradi. 2023-2024 yillari RF ushbu formatda muvofiqlashtiruvchi rolini o‘ynadi, keyin bu vazifa XXRga o‘tdi.

YUNICYeF: Livanda 400 mingdan ortiq bola

xavfsiz yashash sharoitidan mahrum

YUNISYeF: более 400 тысяч детей в Livanе лishены безопасных uсловий жизни -  RIA Novosti, 16.10.2024

Isroil Livanning turli hududlariga uyushtirgan hujum tufayli 400 mingdan ko‘p bola ta’lim olish va xavfsiz yashash sharoitidan mahrum, dedi YUNICYeFning Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi rasmiy vakili Salim Ovays “RIA Novosti”ga.

“Ularning aksariyati urush dahshati va ruhiy kasallikdan aziyat chekmoqda”, deydi mulozim. Uning so‘zlariga ko‘ra, Livan hukumati belgilaganidek, o‘quvchilar 4 noyabr kuni maktabga qaytishi mumkinligiga hali ham umid bor, ammo hammasi joylardagi vaziyatga bog‘liq.

Eron yadroviy quroldan ham ancha qudratli qurolga egaligini ma’lum qildi

Иран заявил о наличии u него орuжия, которое «мощнее ядерного»

Eron juda kuchli qurolga ega, dedi Islom inqilobi gvardiyasi korpusi taraqqiyot va qurollanish komissiyasi sobiq kotibi Ibrohim Rustamiy. Bu haqda IFP xabar tarqatgan.

“Bizda yadro qurolidan ancha ustun bo‘lgan uskunalar bor”, dedi u, biroq tafsilotni oshkor qilmadi.

O‘tgan hafta Isroil sobiq Bosh vaziri Naftali Bennet Yaqin Sharqda Eron yadroviy inshootlariga hujum qilish uchun tarixiy holat yuzaga kelganini aytgan edi.

Nigeriyada yonilg‘i tashiydigan transport portlab, 140 kishi halok bo‘ldi

Число погибших при взрыве бензовоза в Нигерии возросло до 147 человек |  Report.az

Nigeriya shimolida yonilg‘i tashiydigan transport vositasi portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 140 kishiga yetdi, deb yozdi “Frans Press” mahalliy Favqulodda vaziyatlar departamentiga tayanib.

Avvalroq CNN kamida 94 kishining o‘limi haqida xabar bergan edi. Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, portlash seshanba kuni kechqurun Jigava shtatida sodir bo‘lgan.

S.Rahimov,

O‘zA