Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi tomonidan yangilangan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda mamlakatimizda 13 ming 203 ta dorixona faoliyat yuritmoqda. Shulardan 8248 tasi asosiy dorixona, 4955 tasi filial hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida 2024 yilning 1 oktyabr holatida dori vositalarini ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega 69 ta korxona, dori vositalarini tayyorlash uchun litsenziyaga ega 147 ta korxona, dori vositalarini ulgurji realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega 485 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
O‘zA