AQSH vitse-prezidenti va davlat rahbari lavozimiga nomzod Kamala Xarris Qo‘shma Shtatlar Xitoy bilan ziddiyatdan qochishi, ushbu davlat bilan ochiq harbiy aloqa yo‘lini saqlab turishi lozimligini aytdi.
– Avvalo, Xitoy bilan XXI asr uchun raqobatda ustunlikka ega bo‘lishimiz, kurasha olish va g‘alaba qozonishimiz lozim, – dedi u “CBS News” telekanaliga bergan intervyusida. – Ziddiyatga intilish noto‘g‘ri.
Uning fikricha, Vashington Pekin bilan aloqa yo‘llarini, ayniqsa, harbiy jabhada ochiq saqlashi zarur.
Shu bilan birga u Qo‘shma Shtatlar Amerika biznesi manfaatini ko‘zlashi, Tayvanga o‘zini o‘zi himoya qilishda yordam berishi kerakligini ham ta’kidlagan.