Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida 35 ming gektar ochiq maydonda quruq o‘t yonyapti. Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, kuchli shamol, tog‘li relef hududi va yong‘inga yaqinlashish yo‘llari yo‘qligi tufayli olovni o‘chirish qiyin kechyapti. Shunga qaramasdan, tabiiy yong‘inni o‘chirish uchun barcha zarur choralar ko‘rilyapti.
Dasht yong‘ini bilan kurashda bir nafar o‘t o‘chiruvchi-qutqaruvchi xizmat vazifasini bajarayotib, vafot etdi.
Jarayonga jami 386 kishi, 64 texnika vositasi, shuningdek FVV va Mudofaa vazirligi samolyotlari jalb qilingan.
Qarag‘anda va Pavlodar viloyatlari chegarasida yuz bergan yong‘in 45 ming gektarni qamrab olgan.