FOTOREPORTAJ

Nukus shahridagi Yoshlar markazida “Yosh kitobxon oila” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tanlovning tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikka erishgan, 30 yoshgacha bo‘lgan jami 17 oila ishtirok etdi.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida tashkil etildi. Ishtirokchilar “Badiiy asarlar bilimdoni” va “Tezkor savol-javob” shartlari bo‘yicha o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi.

Yakunda Amudaryo tumanidagi O‘zbekiston mahallasida istiqomat qiluvchi Bobojanovlar birinchi, Qo‘ng‘irot tumani Ornek mahallasidan Rashidovlar ikkinchi, Beruniy tumani Sarkop mahallasida yashovchi Ismoilovlar oilasi uchinchi o‘rinni egalladi.

Tanlov g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA