“Forbes” nashri yozishicha, ayni payt Singapur Bosh vaziri dunyoning eng boy davlat yetakchisi hisoblanadi.
– Hozir dunyo yetakchilari orasida bir nafar millioner bor – Singapur Bosh vaziri Lorens Vong, – deyilgan materialda. – Uning yillik maoshi qariyb 1,69 million dollar.
Ta’kidlanishicha, ayni ko‘rsatkich bu borada ikkinchi o‘rinda turgan Shveysariya Prezidenti Violu Amxerdning yillik maoshi – 570 ming dollardan ancha ko‘p. Avstraliya hukumati rahbari Entoni Albaniz mazkur ro‘yxatda uchinchi, AQSH Prezidenti Jo Bayden to‘rtinchi o‘rinni egallagan.
Eng boy yetakchilar o‘nligini Irlandiya Bosh vaziri Saymon Xarris yakunlagan.