Ushbu amaliyot 2025 yilning 1 yanvaridan amalda qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 4 oktyabrdagi 628-son qarori bilan “Farmatsevtika mahsulotlarining postmarketing nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasida muomalada bo‘lgan farmatsevtika mahsulotlarining farmatsevtika faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha postmarketing nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Postmarketing nazorati — vakolatli organ Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi“ davlat muassasasi tomonidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

O‘zA