Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda avtokredit mablag‘ini o‘zlashtirish holati aniqlandi.
“L.N.” mas’uliyati cheklangan jamiyat mas’ul shaxslari “D.” mas’uliyati cheklangan jamiyatdan “ISUZU” rusumli yuk mashinasini sotib olgandan keyin garovga qo‘yish sharti bilan hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit mablag‘ining 595 million so‘mini ushbu mas’uliyati cheklangan jamiyat orqali naqdlashtirib olib, talon-taroj qilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakati o‘tkazilmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.