FOTOREPORTAJ
“Teng imkoniyatlar va adolatli jamiyat sari!” shiori bilan muhim siyosiy jarayonlarga kirib borayotgan O‘zbekiston “Adolat” SDPning saylovoldi targ‘ibot tadbirlari faollikda davom etmoqda.
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston “Adolat” SDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan tashkil etilgan ana shunday targ‘ibot tadbirida Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Nukus shahar Kengashlari deputatligiga nomzodi qo‘yilgan Shahzoda Abduramanova, Sultonbek Tileumuratov va Ruslan Allamurodov yoshlar bilan uchrashdi.
Tadbirni O‘zbekiston “Adolat” SDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi Nurliboy Qaipbergenov ochib berdi. Ishtirokchilarga partiya saylovoldi dasturida ilgari surilgan g‘oya va maqsadlar, muhim yo‘nalishlar haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida partiya tomonidan parlament va mahalliy Kengashlarga nomzodi ko‘rsatilganlarning ishonchli vakillari so‘zga chiqib, ishtirokchilarni nomzodlarning mehnat faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Shuningdek, deputatlikka nomzodlar o‘zlarining saylovoldi dasturidan o‘rin olgan muhim g‘oya va tashabbuslari xususida ma’lumot berdi.
Tadbir yakunida nomzodlar yosh saylovchilarning murojaat, taklif va fikr-mulohazalarini tinglab, savollariga batafsil javob qaytardi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA