O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida har tomonlama ishbilarmonlik aloqalari o‘rnatilib hamkorlik imkoniyatlari kengaymoqda. Jumladan, turizm yo‘nalishidagi keng o‘z samarasini berib kelmoqda.

Seulda “road show” tadbirlari doirasidagi O‘zbekiston-Koreya turizm forumi o‘tkazildi. Forumda Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev va O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi Alisher Abdusalomov ishtirok etdi. Forum ishida ikki davlatning 100 dan ortiq turizm sohasi vakillari ishtirok etdi, dayiladi Turizm qo‘mitasi ma’lumotida.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonning boy sayyohlik salohiyati va madaniy merosini targ‘ib qilish, sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. O‘zbekistonlik turoperatorlar o‘z mahsulotlari va noyob yo‘nalishlari haqida faol ma’lumot berib, O‘zbekistonning koreyalik sayyohlar uchun jozibadorligini namoyish etdi.

Ikki mamlakat sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida turistlarni jo‘natish bo‘yicha shartnomalar imzolangan B2B uchrashuvlari forumning muhim qismi bo‘ldi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zbek xalq og‘zaki ijodi bilan yaqindan tanishib, milliy taomlardan tatib ko‘rdi.

Marhabo Hojiakbarova, O‘zA