Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, hududiy bo‘limlarning yosh xodimlari uzoq yillar davomida prokuratura va Byuro organlarida fidoiy mehnat qilgan faxriy Niyetbay Baubekov xonadonida bo‘ldi.

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda faxriy ustoz o‘zining mehnat faoliyati, bosib o‘tgan hayot yo‘li, qiyinchiliklar hamda orttirgan hayotiy tajribalari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Yosh mutaxassislarga o‘zining foydali maslahatlarini berdi. Shuningdek, suhbat davomida yoshlarni sohaga oid qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Uchrashuvda ustozga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri.