Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev viloyatlardan kelib, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Chimboydagi fakultetida ta’lim olayotgan talaba- yoshlar bilan uchrashdi.
Yoshlar bilan muloqotda ularning muammolari, fikr-mulohazalari tinglandi. Yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Talabalar tomonidan ko‘tarilgan har qanday masala, albatta, e’tiborga olinib, ijobiy yechim topishi ta’kidlandi.
Jo‘qorg‘i Kenges Raisi o‘quv maskanidagi imkoniyatlar, fakultet laboratoriyasida nazariy bilimlarning amaliyotda qo‘llanilishini ta’minlash borasida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri