Nyu-Yorkda mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.
– BMT bosh qarorgohida janob Antoniu Guterrishga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning salomini yetkazdik, – deb yozgan B.Saidov ijtimoiy tarmoqdagi ramiy sahifasida. – Bosh kotibni Bosh Assambleya 79-sessiyasi boshlangani va Kelajak sammiti muvaffaqiyatli o‘tgani bilan qutladik.
Respublikamiz tashqi siyoskat idorasi yetakchisi o‘z axborotida BMT rahbariyati va tuzilmalarining yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar dasturini doimiy qo‘llab-quvvatlayotgani yuksak qadrlanishini bildirgan.